1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 41

III.6.3. Sut qoramolchiligida qochirish va buzoq olishni rejalashtirish

bet20/41
Sana25.06.2017
Hajmi5.01 Kb.

III.6.3. Sut qoramolchiligida qochirish va buzoq olishni rejalashtirish. 


 


Sut qoramolchiligida mahsulot ishlab chiqarish asosan g„unojin va sigirlardan 
buzoq olish bilan bog„liq, shuning uchun har bir fermada yil boshida qochirish va 
buzoq  olish  rejasi  tuziladi,  bu  xo„jalikda  chorvachilik  mahsulotlarini  ishlab 
chiqarish  rejalarini  bajarishni  ko„zda  tutadi.  Bu  reja  podani  maqsadli  juftlash 
natijasida  uni  takomillashtirish  imkonini  beradi.  Buzoq  olish  va  sut  ishlab 
chiqarishni yil davomida bir me‟yorda tashkil qilishni ta‟minlaydi. 
Xo„jalikda qochirish va buzoq olish rejasini tuzish uchun  jami qochiriladigan 
urg„ochi  (sigir,  qochirish  yoshidagi  tanalar)    hayvonlar  soni,  qisir  sigirlarni 
aniqlash,  ularni  obdon  davolash;  xo„jalikda  qochirilishi  lozim  urg„ochi  tanalarni 
kerakli  vaqtda  buzoq  olish    maqsadida  qochirish,  sigir  va  urg„ochi  tanalarni 
qochgan  va  tug„ish  muddatlari;  bo„lar  asosida  oylar  bo„yicha  qochadigan  va 
tug„adigan sigir va g„unojinlar bosh soni aniqlanadi, ular asosida yagona qochirish 
va tug„ish rejasi shakllanadi. 
Bu borada yana xo„jalik hududida borliq aholining urg„ochi tana va sigirlarni 
qochirish ham inobatga olinadi. 
Bular  asosida  yil  davomida,  oylar  bo„yicha  zarur  urug„  soni  asosida  viloyat 
naslchilik idorasiga yil boshida so„rov berilib, shartnoma tuziladi. Tabiiy qochirish 

 
166 
hukm  surgan  xo„jaliklarda  esa  kerakli  buqalar  soni  aniqlanadi,  kerak  bo„lsa 
qo„shimcha-sotib olinadi. Bunda albatta xo„jalikda juftlash rejasi inobatga olinadi. 
Juftlash  xo„jalikni  o„zida  mutaxassislar  va  viloyat  naslchilik  idorasi  xodimlari 
yordamida  tuziladi,  bunda  albatta  xo„jalik  podasini  tezroq  takomillashtirish  bosh 
masala bo„lmog„i kerak. 
Qochirish naslchilik xo„jaliklarida yakka juftlashni ko„zda tutib unda asosiy va 
qo„shiimcha buqa albatta ko„rsatiladi. Tovar xo„jaliklarida esa ushbu reja guruhlab 
juftlash asosida tuziladi. 
Yuqoridagi rejani tuzishdan asosiy maqsad sigir va g„unojinlarni tug„ishini yil 
davomida  xo„jalik  imkoniyatlarini  hisobga  olgan  holda  rejalashtirishdan    iborat. 
Ba‟zi  xo„jaliklarda  tug„ish  yil  davomida  bir  maromda  rejalashtiriladi,  shuning 
uchun  mahsulot  ishlab  chiqarish  ham  yil  davomida  bir  maromda  tashkil  qilinadi. 
Agarda  xo„jalik  hududida  sero„t  bahor  va  yoz  yaylovlari  ko„p  bo„lsa  ulardan 
oqilona foydalanib ko„p va arzon sut ishlab chiqarish maqsadida tug„ish muddatlari 
asosan  shu  mavsumga  rejalashtariladi.    Xullas  har  bir  muayyan  sharoitda  bu  reja 
aniq maqsadni ko„zlaydi. 
 

III.6.4. Qoramollar podasini to‘ldirishni tashkiliy masalalari. 


 


Qoramollar  podasini  to„ldirish  nozik  masala  bo„lib  qator  tashkiliy  ishlarni 
talab  qiladi.  Ular  jumlasiga  buqalardan  oqilona  foydalanish  va  ular  urug„ining 
sifatini  tekshirib  borish,  sigirlarning  qisir  va  urg„ochi  tanalar  qochmasligini 
sababini aniqlash va unga qarshi kurash, sigir va g„unajinlar bola tashlashini oldini 
olish,  bo„g„oz  hayvonlarni  asrash,    tug„ilgan    buzoqlarni  to„liq  saqlash 
muammolarini o„z ichiga oladi.  

Buqalar  urug‘ini    sifatini  tekshirish.  

Buqalar  urug„ini  sifatini  tekshirib 
borish podani qayta tiklashda bosh masalalardan biri bo„lib hisoblanadi. Chunki bir 
buqa  yuzlab,  minglab  urg„ochi  hayvonlardan  avlod  olish  taqdirini  hal  qiladi. 
Buqalar  urug„ini  sifati  ko„p  jihatdan  buqaning  umumiy  holati  va  qochirish  
qobiliyatini  ko„zgusi  hisoblanadi.  Sun‟iy  qochirish  punktlari  va  naslchilik 
idoralarida  alohida  tekshirishlar  olib  borilmaydi,  chunki  buqalardan  olingan 
urug„lar  albatta  tekshirishdan  keyin  foydalaniladi.  Lekin  tabiiy  qochirish  joriy 
qilingan  xo„jaliklarda  albatta  har  oyda  bir  marta  buqalar  urug„ining  miqdori  va 
sifati  nazorat  qilinishi  shart.  Buning  uchun  buqalar  urug„i  sun‟iy  qin  yordamida 
olinib,  unda  urug„ning  hajmi,    sifati  esa  mikroskop  ostida  tekshirilib  urug„ning 
quyuqligi, urug„ hujayradarining harakati mahsus andozalar asosida baholanadi.

 


 


Sigirlar qisr qolishi va ularning bola tashlashiga qarshi kurash. 


 


Bu  masala  juda  muhim  bo„lib  xo„jalikda  poda  sonini  ko„paytirish,  mahsulot 
ishlab chiqarishni bir meyorda olib borishning asosiy mezoni hisoblanadi. Urg„ochi 
hayvon to„liq  pushtsizligi  juda  kam  uchraydi,  qisir qolish va  urg„ochi  tanalarning 
o„z  vaqtida  qochmasligi  ko„p  jihatdan  oziqlantirish,  saqlash  sohasidagi 
kamchiliklar, yoki kasallik natijasi bo„lishi mumkin. Sigir va urg„ochi tanalarning 

 
167 
qisir  qolishi  ko„p  jihatdan  buqalar  qochirish  qobiliyatining  past  bo„lishi,  urug„lar 
sifatsizligi  va  boshqalar  bo„lishi  mumkin.  Qisir  qolishni  oldini  olishda  qochirish,  
tug„ish  jarayonlarini  o„z  vaqtida  hisob-kitob  qilib  borish  zarur.  Umuman  olganda 
har  bir  qisir  sigirni  tekshirish,  sababini  aniqlash  va  chora  ko„rish  qisir  hayvonlar 
sonini kamaytirish imkonini beradi. 
Xo„jaliida  oziqlantirish  va  saqlash  sharoitlari  me‟yorda  bo„lgan  taqdirda, 
qisirlik  sabablarini  boshqa  muammolardan  izlash  kerak.  Ular  asosan  buqalar 
urug„ining„ sifatini talablar darajasida bo„lmasligi, sigirlar jinsiy a‟zolari kasalligi, 
hayvonlarning  genetik  kasalliklari  sabab  bo„lishi  mumkin.  Jinsiy  a‟zolari 
kasallangan sigir va urg„ochi tanalar ajratib davolanishi shart. 
Ko„p hollarda sigirlarni tuqqandan keyin o„z vaqtida qochirilmasligi, asossiz 
servis  davrini  cho„zib    yuborilishi,    urg„ochi  hayvonlar  bo„g„ozligi  erta 
aniqlanmaslik  sigirlarni  qayta  qochirish  va  otalantirish  imkoniyatini 
 
bermaydi. 
Shuning  uchun  sigirlarni  tuqqandan  keyin  o„z  vaqtida  rejalar  asosida  qochirish,  
servis davrining me‟yorda bo„lishi va qochirilgan urg„ochi hayvonlarni o„z vaqtida 
erta bo„g„ozlikni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qoramollar  podasini  qayta  tiklashga    sigir  va  g„unojinlarning  bola  tashlashi 
salbiy  omil  hisoblanadi.  Bola  tashlashning  bosh  sabablari  bo„lib  oziqlantirish, 
saqlash  va  hayvonlardan  foydalanishda  yo„l  qo„yiladigan  qo„pol  hatolar  sabab 
bo„ladi.  Brusellyoz,  vibrioz  kabi  yuqumli  kasalliklar  ham  bola  tashlash  sababi 
bo„lishi  mumkin.  Bo„g„oz  sigirlar  va  g„unojinlar  to„liq  ratsionlar  asosida 
oziqlantirilishi  shart,  ayniqsa  bo„g„ozlikning  ikkinchi  davrida  bu  omil  muhim 
ahamiyat kasb etadi.  Bo„g„oz hayvonlarni to„g„ri asrash ham bola tashlashni oldini 
olishda  katta  o„rin  tutadi,  buning  uchun  ular,  quruq,    yorug,  issiq  binolarda 
guruhlab  saqlanadi,  molxonalar  poliga  alohida  e‟tibor  beriladi.  Bo„g„oz 
hayvonlarga  muzlagan,  chirigan,  mog„orlagan  oziqalar,    muzlagan  suv  berilishi, 
yoki sovuq paytlarda muzlagan o„tli yaylovlarda boqish ham bola tashlashga sabab 
bo„lishi mumkin.    

Sog‘lom  buzoq  olish  va  saqlab  qolish.

  Sog„lom  buzoq  olish  va  uni  saqlab 
qolish  poda  bosh  sonini  ko„paytirish,  sifatini  yaxshilash  va  mahsulot  ishlab 
chiqarishni  ko„paytirishda  muhim  omil  bo„lib  hisoblanadi.  Bu  narsa  dastlab 
hayvonlarni  to„g„ri  tanlash  va  juftlash  natijasida,  qolaversa  qochirishni  to„g„ri 
tashkil  qilish,  bo„g„oz  hayvonlarni  me‟yorda  oziqlantirish  va  saqlash,    ularni 
tug„ishga  to„g„ri  tayyorlash  va  o„tkazish,    tug„ilgan  buzoqlarga  yaxshi  sharoitlar 
yaratib berishdan iborat.  
Bo„g„oz  sig„irlarni  va  g„unojinlarni  oziqlantirish  me‟yorlar  asosida  amalga 
oshirilishi kerak. Unda ularning tirik vazni, semizligi, bo„g„ozlik davriga va kelgusi 
laktasiyadagi  sut  miqdoriga  qarab  amalga  oshiriladi.    Bo„g„ozlikning    ikkinchi 
davridan  boshlab  albatta  homilaning  o„sish  va  rivojlanishi  uchun  qo„shimcha 
to„yimli moddalar berilishini taqoza qiladi. Bu borada sigirlarni bo„g„ozlik davriga 
qarab sutdan chiqarish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sutdan chiqarish sigirning 
holati  va  sut  mahsuldorligi  asosida  amalga  oshiriladi.    Bu  jarayon  sekin-asta  sigir 

 
168 
holatiga  zarar  ko„rsatmagan  holda  o„tkaziladi.  Sigirlarni  tug„ishdan  oldin  dam 
olishi  shart,  bu  davrda  ular  laktasiya  davomida  yo„qotgan,  to„yimli  moddalarni 
tanasida  to„plab  oladi  va  ularda  homila  yaxshi  rivojlanishi  uchun  to„liq  sharoit 
yaratiladi.    Bu  davr  sigirlar  mahsuldorligiga  qarab  45-60  kun  bo„lishi  kerak, 
Ayniqsa  oriq  sigirlar  uchun  bu  muddat  10-15  kunga  o„zaytirilishi  maqsadga 
muvofiq hisoblanadi.  
Sigirlarni  sutdan  chiqarish  sekin  5-10  kun  davomida  amalga  oshiriladi. 
Dastlab  ratsiondan  sut  haydovchi  oziqalar  (shirali  va  kuchli  oziqalar)  chiqariladi, 
sog„imlar  soni  kamaytiriladi.  Dastlab  2  sog„im
 
1  sog„imga,  keyin  kun  ora  va 
xokazo, 3-4 l   sut beradigan sigirlar birdan sutdan chiqarib yuborilsa bo„laveradi.               
Sigirlarni tug„ishdan oldin dam olish davomida ularning yelini holatini kuzatib 
borish  kerak,  chunki  shu  davrda  u  tiklanib  ko„plab  yangi  bez  hujayralari  hosil 
bo„ladi,  bu  esa  ular  sut  mahsuldorligi  va  sutning  tarkibidagi  yog„lilik  darajasiga 
ta‟sir qiladi.   
Bo„g„oz  sigir  va  g„unojinlar  tug„ishiga  7-10  kun  qolganda  tug„ruq  sexi  yoki 
bo„limiga  o„tkaziladi.  Sigirlar  ratsionidan  hajmli  va  kuchli  oziqalar  chiqarib 
tashlanadi  yoki  kamaytiriladi.  Ular  bog„lamasdan  saqlanib  iloji  boricha  har  kuni 
yayratiladi.  Oziqlantirish  har  bir  hayvon  holati,    tug„ish  muddatiga  qarab  tashkil 
qilinadi. 
Sutchilik  fermer  xo„jaliklarida  bo„g„oz  sigirlar  qabul  qilingan  texnologiya 
asosida oziqlantiriladi.  Tug„ishdan oldin dam olish davrida noto„g„ri oziqlantirish 
va  saqlash  sigirlar  tuqqanidan  keyin  nohush  hodisalarga  sabab  bo„ladi  (tug„ish 
parezi). 
Sigir  va  g„unojinlar  maxsus  kataklarda  (dennik)  tug„diriladi.  Sigir  tug„ib 
bo„lgandan  keyin  1-2  kun  buzog„i  bilan  saqlanadi,    keyin  buzoq  profilaktoriyaga 
o„tkaziladi.  Dastlab  yangi  tug„ilgan  buzoqlarga  alohida  saqlash  sharoitlari  yaratib 
berish  kerak.  Dastlabki  kunlar  harorat  20-24°S  bo„lishi  kerak.  15  kundan  keyin 
buzoklar  bo„zoqxonaga  o„tkazilib  10-15  boshdan  guruhlab  saqlanadi.  Albatta 
buzoqlar  5-6  kun  ug„iz  sutini  ichishi  shart,  keyin  aralash  yog„i  olinmagan  sut 
ichirishga o„tkaziladi. 

Poda  tarkibi

.  Poda  tarkibi  chorvachilikda  muhim  ko„rsatkich  bo„lib 
hisoblanadi. Podadagi  turli  jins va  yoshdagi hayvonlarning nisbatiga uning tarkibi 
deyiladi.  Bu ko„rsatkich xo„jalikda sut va go„sht ishlab chiqarish bilan  bog„langan. 
Xo„jalikda  poda  tarkibini  tahlil    qilib  qoramolchilikning  ahvoli  to„g„risida  to„liq 
fikr yuritish mumkin. Podani qayta tiklash ham ko„p jihatdan poda tarkibini oqilona 
tashkil  qilinganiga  bog„liq.  Qoramollar  podasi  asosan  quyidagi  guruhlarga 
bo„linadi:  buqalar,  sigirlar,    gunojinlar,  1  yoshdan  katta  urg„ochi  tanalar,  1 
yoshgacha urg„ochi tanalar, 1 yoshdan katta novvoslar, 1 yoshgacha novvoschalar, 
katta yoshdagi bo„rdoqilar va hokazo. 
Yuqoridagi  guruhlar  to„la  ishlab  chiqarish  jarayoniga  ega  bo„lgan 
xo„jaliklarda  bo„lib,    ixtisoslashgan  xo„jaliklarda  esa  ularning„  bir  qismi  bo„ladi. 
Poda tarkibida sigirlar sun‟iy urug„lantirilganda buqalar bo„lmaydi, sanoat tipidagi 

 
169 
sutchilik komplekslarida sigirlar va 15 kunlikkacha buzoqlar bo„ladi, bo„rdoqichilik 
kompleksdarida esa turli yoshdagi novvoslar bo„ladi holos. 
Podaning  tarkibi  hayvonlarni,  ayniqsa  sigirlarni  xo„jalikda  foydalanish 
muddati  muhim  o„rin  tutadi,  agar  sigirlar  podadan  ko„p  puchakga  chiqarilsa, 
podada  qoldirilishi  lozim  urg„ochi  tanalar  soni  ko„paytiriladi.  Naslchilik 
xo„jaliklarida  sigirlarni  puchakga  chiqarish  10-15  %,  yoki  8-10  yil  foydalaniladi. 
Tovar  xo„jalikdarida  puchak  qilish  25  %  ni  tashkil  qilib,  xo„jalikda  4-5  yil 
foydalaniladi. 
Podani  tezroq  takomillashtirish  uchun  podadan  sigirlarni  chiqarish  ko„proq 
bo„ladi,  shuning uchun podani to„ldiruvchi urg„ochi tanalar miqdori ko„paytiriladi. 
Podada  sigirlar  nisbati  xo„jalikning  yo„nalishi,  ixtisosiga  bog„liq.  Sut  ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan sutchilik xo„jaliklarida ularning podadagi nisbati 80-90 
%,  sutchilik  xo„jaliklarida  50-60  %,  xo„jaliklarda  sigirlar  podasi  o„z  urg„ochi 
tanalari hisobiga to„ldiriladi va go„sht shlab chiqariladi. Go„shtdor qoramolchilikka 
ixtisoslashgan xo„jaliklarda esa sigirlar nisbati 35-40 % ni tashkil qiladi. 
O‟zbekiston  sharoitida  yosh  qoramollar  go„shtga  15-18  oyligida  topshirilish 
tashkil  qilingan  xo„jalikda  podada  sigirlar  nisbati  40-50  %  bo„lishi    maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. 
Naslchilik xo„jaliklarida naslli yosh qoramollar qaysi yoshda sotilishiga qarab 
podada  sigirlar  nisbati  o„zgaradi.  Agarda  yosh  qoramollar  erta  sotilsa  podada 
sigirlar  nisbati  ortadi,  ular  kech  sotilsa  sigirlar  nisbati  kamayadi.  Xo„jalik  sigirlar 
podasini  o„z  hisobiga  to„ldirsa,  I  tug„im  sigirlarni  tekshirib  bir  qismini  podadan 
chiqaradi,  shuning  uchun  podadagi  g„unajinlar  nisbati  20-25%ga  yetkazilib,  shu 
asosida  turli  yoshdagi  urg„ochi  tanalar  nisbati  ham  ko„paytiriladi.  Naslchilik 
xo„jaliklarida poda tarkibi quyidagicha bo„lishi mumkin: buqalar 2-3%; sigirlar 50-
60%;  g„unajinlar  15-18%;  I  yoshdan  katta  urg„ochi  tanalar  18-20%;  I  yoshgacha 
urg„ochi tanalar 20-25% ni  tashkil qiladi. Bu hisobga sotish uchun mo„ljallangan 
mollar kiritilmagan. 
Podani  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarsh sharoitida  podada  turli  yoshdagi 
urg„ochi tanalar nisbati ko„paytiriladi. 
Go„shtdor  qoramolchilikda    esa  podada  go„sht  uchun  o„stiriladigan  mollar 
nisbati  ko„p  bo„lishi,    tabiiy  sigirlar  nisbati  kamayadi,  yoki  35-40%  ni  tashkil 
qiladi.  Bu  borada  go„sht  uchun  o„stirilgan  qoramollar  qaysi  yoshda  go„shtga 
topshirilishiga qarab poda tarkibi o„zgaradi. Agar 15-18 oyligida yosh qoramollar 
go„shtga  topshirilsa,    sigirlar  35-40%  ,g„unojinlar  20%  ni    tashkil  qiladi.  Agar 
go„shtga  qoramollar  24-30  oyligida  topshirilsa  podada  sigirlar  nisbati  kamayadi. 
 
Naslchilik  go„shtdor  qoramolchilik  xo„jaliklarida  sigirlarning  podadagi 
nisbati  40-50%  ga  yetishi  mumkin,  chunki  yosh  nasldor  qoramollar  boshqa 
xo„jaliklarga sotib yuboriladi.   
Har  bir  xo„jalikda  yil  boshida  poda  harakati  tuziladi,  u  har  bir  xo„jalikning 
yo„nalishi,  mahsulot  yetishtirish  rejalari,  podani  tiklash  muammolarini  o„zida  aks 
ettiradi. 

 
170 

III.6.5. Yosh  qoramollarni  maqsadga muvofiq o‘stirish.    


 
Barcha hayvonlar singari qoramollarning nasl va mahsuldorlik belgilari o„sish 
va  rivojlanish  jarayonida  shakllanadi.  Bu  belgilar  irsiyat  va  tashqi  muhit  ta‟siri 
ostida ro„y beradi,  bu borada oziqlantirish,  saqlash,  foydalanish va xokazolar. 
Maqsadga  muvofiq  o„stirish  oziqlantirish,  saqlash  va  foydalanish  natijasida 
yosh hayvonlarning mahsulot yo„nalishiga zarur belgilarni shakllantirishga aytiladi. 
Bu  borada  S.I.Shteymanning  kostroma  zotini  yaratishdagi  tajribalarni  eslash 
kifoya  qiladi.  Uning  fikricha  sigirlarni  o„z  vaqtida  sutdan  chiqarish,  bo„g„ozlik 
davrida  to„liq  oziqlantirish,    saqlash  sog„lom  buzoq  olishning  asosiy  omili  bo„lib 
hisoblanadi.    Olingan  buzoqlarda  sermahsul-rekordchi  bo„lishi  uchun  bu 
hayvonlarning  yoshligida  oshqozon-ichak,  nafas  olish,    yurak-tomir  tizimlarini 
kuchli rivojlantirishni taqoza qiladi. Bu jarayon ma‟lum darajada chiniqtirish bilan 
ham  amalga  oshirilib,  hayvonning  tashqi  muhit  sharoitiga  va  kasalliklarga 
chidamligini oshiradi. 
Yosh  qoramollarni  maqsadga  muvofiq  o„stirish  yangi  zot  yaratish,  borlarini 
takomillashtirish,  sermahsul  podalar  yaratish  chorvadorlarning  asosiy  qurollaridan 
biri bo„lib hisoblanadi.  
Bu  jarayon  qo„yilgan  maqsad  asosida,    turli  yo„nalishdagi  xo„jaliklarda 
muayyan sharoitda o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„ladi. 
 

Podani to‘ldirish uchun ajratilgan buqachalar ota-onalariga  


qo‘yilgan talablar. 


 


Podani  to„ldirish  uchun  ajratilgan  va  eleverlarda  o„stirish  ko„zda-tutilgan 
buqachalar albatta mahsus qochirish asosida olinishi shart. Buning uchun naslchilik 
xo„jaliklarida  eng  asl  buqa  berishi  ko„zlangan  buqa  va  sigirlar  guruhi  tashkil 
qilinadi.    Bu  sigirlar  eng  kamida  2  laktasiya  davomida  andoza  talablari  va 
tengdoshlari  sut  mahsuldorligidan  50%,  sutning  yog„liligi  bo„yicha  0,2%  yuqori 
bo„lishi  kerak;  mustahkam  konstitutsiya  va  kamchiliksiz  tana  tuzilishiga  ega 
bo„lishi,  yoki  8,0  ball  olishi  kerak;  yelin  sifati  kamida  4,5  ball  olishi  shart;  yelin 
indeksi 43% sut berish tezligi eng kamida 1,8 kg/min bo„lishi kerak. Bu buqachalar 
onalari albatta eng mashhur oila va tizimlarga mansub bo„lishi inobatga olinadi. 
Buqachalar onalari avlodlari albatta sut mahsuldorligi bilan baholangan bo„lib 
yuqori  ko„rsatkichlarga  ega  bo„lishi  kerak  (elita-rekord  klassiga,  A,B,  nasl 
kategoriyasiga  mansub  bo„lishi  kerak)  ular  tengdoshlari  sut  mahsuldorligidan 
albatta  ustun  bo„lishi  kerak;  mustahkam  konstitutsiya  va  bekami  ko„st  tana 
tuzilishiga  ega  bo„lib  9  ballga;  buqalar  yuqori  podani  to„ldirish  qobiliyatiga  ega 
bo„lishi kerak. 
Leykoz  kasalligi  mavjud  xo„jaliklarda  albatta  andoza  asosida  ish  ko„rish 
kerak. 

Maxsus elever xo‘jaliklarida buqalarni  o‘stirish. 

Keng miqyosda naslchilik 
ishlari  olib  borilganda  buqalarga  bo„lgan  talab  keskin  ortadi.  Shuning  uchun 
buqalarni  mahsuldorligi  bo„yicha  baholaydigan  mahsus  eleverlar  tashkil  qilinadi. 

 
171 
Bu korxonalarning asosiy vazifasi naslli buqachalar uchun meyordagi oziqlantirish 
va saqlash sharoitlarini yaratib berish natijasida ularning irsiy imkoniyatlarini to„liq 
ro„yobga chiqarishdan iborat.     . 
Eleverlarga  10  kunlik,  naslchilik  xo„jaliklaridagi  mahsuldor  sigirlardan 
olingan buzoqlar  bo„lib ular elita rekord AB, elita AB majmuiy klassiga ega bo„lib, 
otalari  esa  albatta  qizlarining  mahsuldorligi  bo„yicha  tekshirilib  yaxshilovchi  deb 
tan olingan bo„lishi shart. 
Tanlab  olingan  buqachalarga  mahsus  naslchilik  jildi  (forma-1-mol)  ochiladi.  
Barcha buqachalar shoxsizlantiriladi, uch hafta karantin muddatini o„tgandan keyin 
5-10  boshdan  guruhlab  saqlanadi  va  shu  usulda  6  oygacha  o„zgartirmasdan 
saqlaydi.  6  oylikdan  keyin  buqachalar  bog„lab  saqlanadi  va  har  kuni  3-4  soat 
yayrash maydonchalarida sayr qildiriladi. 
Buqachalar  to„liq  VIJ  me‟yorlari  bo„yicha  (kuniga  950  -  1000  g  vazn 
qo„shish) oziqlantirilishi kerak. Ularning tirik vazn har vaqt andoza talablaridan 30 
% yuqori bo„lishi  ta‟minlanishi  kerak. 
10  oylikga  yetganda  buqachalar  jinsiy  a‟zolarining  rivojlanishi,  urug„inign  
sifati va urug„lantirish bo„yicha tekshiriladi. 
Jinsiy  a‟zolari  anatomo-morfologgik  yo„l  bilan  o„rganiladi.  Jinsiy  faoliyati 
buqachalar shartsiz reflekslari asosida belgilanib, ularning nerv tipiga ham    baho 
beriladi. 
Naslchilik  maqsadlari  uchun  kuchli  nerv  faoliyatiga  ega  bo„lgan,  nerv 
harakatlari faol buqachalar tanlab olinadi. Yosh buqachalarda jinsiy faollik ularning 
chuchelaga joydashgan su‟niy qinga urug„ berishi bilan bog„liq. Shunin uchun ular 
10 oyligidan chuchilaga o„rgatiladi. 
Buqachalar  urug„i  12-14  oyligidan  baholanadi.  Urug„  olish,    baholash, 
muzlatish qabul qilingan sun‟iy qochirish andozasi asosida amalga oshiriladi.  Bu 
buqalar  urug„ini  otalantirish  xususiyati  eng  kamida  30  bosh  sigirda  tekshirilib 
ko„rilishi shart. 
Nazorat  oxirida  buqalar  har  taraflama  tekshiriladi,  unda  hayvonlar  o„sish 
jadalligi,  tana  tuzilishi  va  qochirish  qobiliyati  inobatga  olinadi,  ushbu  natijalar 
bo„yicha  14  oylik  buqalar  su‟niy  qochirish  idoralariga  o„tkazilib,  avlodlari 
mahsuldorligi bo„yicha tekshiriladi, yomonlari esa puchak qilinadi. 
 

III.7. Sut ishlab chiqarilish jarayonlari. 


 


Bu  jarayon  turli  mulk  shaklidagi  xo„jaliklarda  qabul  qilingan  texnologiyalar 
asosida  amalga  oshiriladi.  Hozir    hususiy  fermalar,  fermer  va  shaxsiy    yordamchi 
xo„jaliklarda sut ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda. 
Bosh sonlari ko„p yirik fermer xo„jaliklarida sut ishlab chiqarishning uzluksiz 
sexlar  tizimi  joriy  qilingan.    Bu  usulda  sigirlar  o„zlarining  fiziologik  holatlariga 
qarab guruhlarga bo„linadi. Ular: 1 sex – bo„g„oz  sutdan chiqqan sigirlar guruhi; 2 
sex - tug„ruq sexi; 3 sex - iydirish va otalantirish sexi; 4 sex  - sut ishlab chiqarish 
sexi. 

 
172 
Birinchi  sexda  sigirlar  sutdan  chiqqandan  keyin  45-60  kun  saqlanib,    ular 
bog„lanmasdan  50-60  boshdan  guruhlab  asraladi.  Qish  paytida  sovuq  paytdari 
molxona  ichida,  qolgan  paytlari  yayrash  maydonchalarida,  yozda  esa  asosan 
ayvonlar tagida saqlanadi. Ular me‟yorlar asosida oziqlantiriladi. 
Sigirlar tug„ishiga 10 kun qolganda 2 inchi sexga o„tkaziladi. Ular tug„ishga 
qadar(10  kun)  guruhlab  molxona  ichida  saqlanib,  yayrash  maydonchalariga 
chiqarib  turiladi.  Tug„dirish  mahsus  kataklarda  (dennik)  amalga  oshiriladi.  Bu 
katak  3  x  3  x  2  metr  o„lchamda  bo„lib,  ular  mahsus  tayyorlanib,  qalin  to„shama 
bilan  ta‟minlanadi.  Sigir 
  TUG

ISH 
paytida  unga  ko„p  halaqit  bermagan  ma‟qul.  
Tug„ish  o„tgandan  keyin  buzoq  1-2  kun  sigir  bilan  birga  turadi.  Keyin  buzoq 
profilaktoriya  bo„limiga  o„tkazilib  15  kun  davomida  yakka  (evers)  kataklarida 
saqlanadi va onasi suti bilan oziqlantiriladi. Sigirlar esa 15 kun davomida bog„lab 
saqlanadi va vaqti–vaqti bilan yayrash maydonchalariga chiqarib turiladi. Shunday 
qilib bu sexda jami 25 kun turadi. Shundan keyin sigirlar 3 inchi sexga o„tkaziladi, 
buzoqlar  esa  buzoqxonaga  o„tkaziladi.  3  inchi  sexda  sigirlar  90  kun  davomida 
saqlanadi.  Bu  sexda  sigirlar  qo„shimcha  oziqalar  berish  va  qo„shimcha  tadbirlar 
yordamida eng yuqori sut mahsuldorligiga erishishni taqoza etadi. Bundan tashqari 
bu  sexda  sigirlarni  urug„lantirish  muhim  tadbir  hisoblanadi.  90  kun  ichida 
urug„lantirilmagan sigirlar qisir hisoblanadi. 
4- sex - sut ishlab chiqarish sexi bo„lib, sigirlar aniqlangan sut maxsuldorligi 
bilan kelib 190 kun davomida ko„p miqdorda sut sog„ib olishni ta‟minlaydi. Sigirlar 
bog„lab  saqlanadi,  vaqti-vaqti  bilan  yayrash  maydonchalarida  sayr  qildiriladi.  Bu 
sexdan  sigirlar  sutdan  chiqarilgandan  keyin  yana  1  -  sexga  o„tkaziladi.  Shunday 
qilib  yil  davomida  sigir  4  sexda  bo„lib  1  ta  buzoq  berib,    305  kun  sog„ish 
ta‟minlanadi. 
Kichik  sut-tovar  fermalarida va  fermer  xo„jaliklarida uzluksiz  sexlar tizimida 
sut ishlab chiqarishni tashkil qilib bo„lmaydi. 
Bunday  xo„jalikdarda  bo„g„oz  sigirlar  tug„ishga  10  kun  qolganida  tug„ish 
xonalariga  o„tkaziladi.  Tug„ish  o„tganidan  keyin  buzoq  maxsus  katak- 
larga(profilaktoriya)  o„tkaziladi,    bu  yerda  ular  15  kun  saqlanib,  onasining  suti 
bilan boqiladi. 
Sigirlar 15 kundan keyin sigirxonaning sog„in sigirlar saqlanadigan tomoniga 
o„tkazilib bog„lab asraladi. 
Sigirlar kuniga 2 marta (ertalab,kechqurun) sog„iladi. Sog„ish sigirxona ichida 
sog„ish jihozlari yordamida amalga oshiriladi. 
Sog„ish
 
oldidan sigirlar bog„lanib tanasi tozalanadi (qashlanadi), keyin yelini 
issiq (35-40ºS) suv bilan yuvilib quruq latta bilan artiladi, yelin yaxshilab uqalanadi 
va shundan keyin birinchi sut alohida idishga sog„ib olinib,  sut sog„ish jihozining 
stakanlari  yelinga  kiydiriladi.  Sog„ish  5-6  minut  davom  etadi,  shundan  keyin 
ko„rish oynasidan sut o„tishi tuxtaydi,  shunda yelinni o„ng qo„l bilan uqalab turib,  
chap qo„l bilan sog„ish jihozining kollektoridan ushlab pastga va oldinga bir necha 
bor  siltanadi.  Natijada  yelinda  qolgan  sut  sog„ib    olinadi.  Qo„lda  sogilganda  esa 

 
173 
asosiy sut tugagandan keyin, yelin uqalanib, qolgan sut (300-400 g) sog„ib olinadi. 
Sog„ish tugashi bilan so„rg„ichlardagi sog„ish stakanlari olinib, yelin mahsus moy 
bilan  surkab  qo„yiladi.  Moy  yelinni  jarohatlanishdan  va  mikroorganizmlardan 
saqlaydi.  Sigirlar  sog„ish  davrida  kuniga  2  marta  oziqalantirilsa  bo„ladi.  Iloji 
boricha barcha oziqalarni qo„shib (monokorm) berish kerak. 
Sigirlar qish paytada kunduzi havo iliq davrida,  bahor, yoz va kuz paytlarida 
esa sog„ishdan keyin yayrash maydonchalarida yayratilsa maqsadga muvofiqdir. 
Sigirlar 305 kun sog„ilgandan keyin sutdan chiqarilish kerak.  Bu davrda ba‟zi    
sigirlar o„zi sutdan chiqib ketadi. Lekin sersut sigirlar sut berishni davom ettiradi.  
Bu  sigirlarni  sutdan  chiqarish  uchun  ularning  ratsionidagi  yem  va  shirali  oziqalar 
qisqartiriladi,  hamda  sog„imlar  soni  kamaytirilib,  bir  necha  kun  ichida  asta-sekin 
chiqarib yuboriladi. 
Sutdan  chiqqan  sigirlar  50-60  kun  davomida  alohida  guruhda  boshvoqsiz 
saqlanadi.  Ular  alohida  ratsionlar  asosida  boqilib,  tug„ishga  10  kun  qolganda 
tug„ruq bo„limiga o„tkaziladi. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:

©2018 Учебные документы
Рады что Вы стали частью нашего образовательного сообщества.
?


iii-international-193.html

iii-international-198.html

iii-international-201.html

iii-international-206.html

iii-international-210.html